Agar siz ta'lim fidoyisi bo'lsangiz, o‘qituvchilik, ta’lim boshqaruvi yoki ta'limga aloqador boshqa sohalarda tajribaga ega mutaxassis bo‘lsangiz, bizning jamoamizda siz uchun albatta joy bor
Agar siz maktabimizdagi vakansiyalar bilan tanishib, o'zingizga mos lavozimni topgan bo'lsangiz, jamoaga qo'shilish uchun ariza qoldiring. Agar ish imkoniyatlari haqida qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, konsultatsiya olish uchun ma'lumotlaringizni qoldiring:
Konsultatsiya olish
Ariza qoldirish
Konsultatsiya olish uchun ma'lumotingizni kiriting
O'zbek tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, fizika, biologiya, kimyo, tarix, huquq va boshqa maktab fanlarini o'qitishda tajribali mutaxassislar
O'z ustida ishlashdan to'xtamaydigan mutaxasisslarni Jahon School jamoasida ko'rishdan mamnun bo'lamiz
Jamoadagi muqobil fikrlarga bag'rikenglik ko'rsatadigan va jamoadoshlarini doim qo'llab-quvvatlaydigan insonlar
Bag'rikeng va qo'llovchi jamoadosh
Mas’uliyatli va ishonchli xodim
O'z ishiga mas'uliyat bilan yondashadigan, natijaga yo‘naltirilgan va hech qachon pand bermaydigan xodimlar
O‘z kasbini yaxshi biladigan va ta'lim jarayonidan zavq oladigan mutaxassislar
Tajribali va fidoyi mutaxassis
Innovatsion va ijodkor shaxs
O'z ishida yangiliklarni o'rganib joriy qilishni va muntazam o'sishni yaxshi ko'radigan shaxslar
Nega Jahon School’da ishlash kerak?
Jahon School – xalqaro standartlarda ta’lim, jamoaviy rivojlanish va cheksiz imkoniyatlar makoni!
Jahon School – zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ta’lim muhiti.
Innovatsion ish muhit
Do‘stona jamoa
Biz qo‘llab-quvvatlovchi va hurmatga asoslangan muhit yaratganmiz
Barqaror va ishonchli ish joyi
Jahon School – ishonchli platforma uzoq muddatli martaba uchun.
Raqobatbardosh maosh va bonus
Biz xodimlarimiz mehnatini munosib baholaymiz va ularning yutuqlarini qo‘shimcha rag‘batlantiramiz.
Biz xodimlarimiz mehnatini munosib baholaymiz va ularning yutuqlarini qo‘shimcha rag‘batlantiramiz. Oylik maosh bilan birga, qo‘shimcha bonus va motivatsion dasturlar taqdim etiladi.
Raqobatbardosh maosh va bonus
Xodimlarimizga trening va sertifikatsiyalar bilan rivojlanish imkoniyatini beramiz.
Professional rivojlanish
Ko’p beriladigan savollar
Siz uchun eng qulay ish sharoitlarini muhayyo qilish - biz uchun ustuvor masala!
Ish vaqti aksar lavozimlar uchun 08:00 dan 17:00 gacha, haftada 6 kun, shanba qisqartirilgan ish kunidan iborat. Aniqroq ma'lumotni vakansiya tafsilotlaridan bilib olish mumkin.
Sinov muddati barcha lavozimlar uchun mavjud bo'lib, 1 oydan 3 oygacha davom etishi mumkin. Aniq muddat shartnoma tuzish paytida kelishiladi.
Albatta, barcha xodimlar rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi.
Maktab ma'muriyatidagi ba'zi lavozimlarga tajriba talab etilmasligi yoki kamroq tajriba ham kifoya qilishi mumkin. Ustozlar jamoasi o'z sohasida yetuk malaka va tajribaga ega bo'lishlari zarur.
Albatta, maktabimizda xodimlarni muntazam rivojlantirish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, xodimlarning shaxsiy rivojlanish bo'yicha taklif va tashabbuslari maktab ma'muriyati tomonidan ko'rib chiqiladi.
O'quv yili davomida har bir xodim uchun tushlik maktab tomonidan taqdim etiladi. Hozircha transport xarajatlarini qoplab berish masalasi ko'rib chiqilmagan.
Albatta, yillik mehnat ta'tili qonunchilik talablarini inobatga olgan holda va maktab rahbariyati bilan kelishish orqali taqdim etiladi.
Lavozim talablaridan kelib chiqqan holda moslashuvchan kun jadvali asosida ishlash masalasi ko'rib chiqilishi mumkin.