O'quvchining salohiyatini kashf etish, unda kuchli ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirish va jamiyat uchun namunali xulq-atvor egalarini tarbiyalash — bosh maqsadimiz!
Jahon School asoschisi Jahongir Po'latov ta'lim sohasidagi 14 yillik tajribasini jamiyat rivoji uchun muhim bo'lgan umumta'lim sohasiga bag'ishlaydi.
Hurmatli ota-onalar, jamiyatimizda chuqur ildiz otgan muammolar sizning, bizning, hammamizning og'rig'imizdir. Bu muammolarga yechimni biz faqat sifatli ta'limda deb ishonamiz. Biz yosh avlodni kelajakka munosib tayyorlash yo'lida safarga chiqdik. Bu safarda bizga hamroh bo'lasiz degan umiddamiz.
Biz kelajakni qanday tasavvur qilamiz?
Har bir farzand uchun kompleks yechim - salohiyatga ko'ra berilgan bilimlar, kuchli hayotiy ko'nikmalar va jamiyatga o'rnak bo'ladigan xulq-atvor barpo etish bo'yicha mualliflik ta'lim dasturini 2030-yilgacha O'zbekistonning barcha hududlariga yoyish.
Jahon School qadriyatlari
Eng yaxshi ta’lim sifati, tajribali o‘qituvchilar va innovatsion yondashuv bilan farzandingiz kelajagini biz bilan yarating!
Muntazam rivojlanish uchun doim innovatsion yechimlar izlaymiz. Har bir ishda eng zo'ri bo'lishga harakat qilamiz, xoh u mayda ish bo'lsin, xoh yirik. O'rtamiyonalik bizni qoniqtirmaydi.
Innovatsiya va kamolot
O'zligimizga sodiqlik
Har bir so'zimizga, amalimizga, maqsadlarimizga, oila-jamiyat-vatanimizga sodiq bo'lamiz. O'zligimizni asraymiz.
Mas'uliyatni olishdan qochmaymiz. Jamiyat va vatan oldidagi mas'uliyatimizni zinhor unutmaymiz. Biz jamiyatning bir bo'lagimiz va har birimizda jamiyatning haqqi bor.
Mas'uliyat va daxldorlik
Bag'rikenglik va hamjihatlik
Atrofimizdagi muqobil fikr-qarashlar va madaniyatlarni o'rganamiz, ularga hurmat ko'rsatamiz. Muhimi, bo'linmaymiz. Har bir ishda bir yoqadan bosh chiqaramiz. Ziddiyatlarni muloqot orqali hal etamiz.
Maktabimiz ustunliklari
Biz o‘quvchilarimizga nafaqat ingliz tilini, balki ishonch, fikrlash va real hayotda qo‘llaniladigan ko‘nikmalarni ham beramiz.
O'zbekistonda ilk bor, o'quvchida katta hayot uchun kerakli barcha ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan 11 yillik mualliflik dasturi
"SkillDev" hayotiy ko'nikmalar dasturi
Ta'lim = Texnologiya
Ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari - ustozlar, o'quvchilar va ota-onalar uchun maxsus mobil ilova va LMS tizimidan foydalanish imkoniyati.
Jamiyatda yurish-turishning oliy namunasini kasb etishga qaratilgan, Yaponiya va Janubiy Koreya ta'limi yutuqlari asosida ijtimoiy odoblar milliy mualliflik dasturi
"Ijtimoiy etiket" dasturi
9-sinfdan boshlab o'quvchi qiziqqan aniq, tabiiy yoki ijtimoiy yo'nalishlardan birida fanlarni chuqurlashgan holatda o'qish imkoniyati
Salohiyatga ko'ra ixtisoslashuv
Boshqaruv jamoasi
Maktabimizning strategik rivojlanishi va kundalik samarali faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv jamoasi. Har bir rahbar o‘z yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislardir.
Texnik foydalanish va xo'jalik ishlari bo'yicha mudir
BS: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish (Andijon mashinasozlik instituti)
Shahbozbek Sotvoldiyev
Jahon School direktori
BA: Filologiya va tillarni o'qitish (O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti)
MSc: Biznes boshqaruvi (Dong-A, Janubiy Koreya)
Javohir Izzatulloh
Qabul va ota-onalar bilan ishlash bo'yicha mudir
BS & MSc: Muhandislik (TIQXMMI Milliy tadqiqot instituti)
Diploma: Marketing (O'zbekiston-Yaponiya markazi)
Akmalxon Rustamov
Cambridge LC, Modme, Cambridge Kidzz va Jahon School asoschisi
Ta'lim sohasida 14 yillik tajriba
BS: Biznes boshqaruvi (Vestminster universiteti)
Jahongir Po'latov
Maslahat kengashi
Turli sohalar bo‘yicha yillar davomida tajriba to‘plagan faxriy maslahatchilarimiz. Ular maktabimizning rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatib, sifatli taʼlim va barqaror o‘sish uchun qimmatli tavsiyalar berib boradilar.
Biolog, yozuvchi
Biologiya fanlari doktori, biotexnologiya va nanotexnologiya labarotoriyasi mudiri
Tabiiy fanlarni o'qitish masalalarida konsultant
Baxtiyor Abdug'afur, D.Sc.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi, 2-toifa
Boshlang'ich ta'lim masalalarida konsultant
Gulnora Xo'jayeva
Tarjimon, o'qituvchi
O'quvchilarni kompleks rivojlantirish bo'yicha konsultant
Shohrux Abdullayev, MSc
Professor (Central Asian University)
Falsafa doktori: HR & Organizational studies
Janubiy Koreya ta'limi bo'yicha konsultant
Alisher Dedaxanov, PhD
Folklorshunos, professor
Filologiya fanlari nomzodi
O'quvchilarda ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish bo'yicha konsultant
Abdumurod Tilavov, PhD
Adabiyotshunos, professor
Filologiya fanlari doktori
O'quvchilarda ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish bo'yicha konsultant
Bahodir Karim, D.Sc
Bizning hamkorlarimiz
Jahon School maktabi O’zbekistonda ilk bor, turli muhim yo’nalishlarda o’z sohasidagi eng kuchli brendlar bilan hamkorliklarni yo’lga qo’ydi!
Qizlar uchun maxsus “Safia” qandolatchilik burchagi
“Najot Ta’lim” bilan hamkorlikda IT to’garaklari
Va nihoyat o’quvchilarimiz sog’lig’i “Akfa Medline” mutahassislarining doimiy nazoratida
Turin Universiteti bilan hamkorlikda muhandislik va robototexnika to’garaklari
“Qamar” kitoblar do’koni bilan hamkorlikdagi kutubxona
Ingliz tili o’rganish uchun “Cambridge” o’quv markazi dasturi
Ko’p beriladigan savollar
Farzandingiz o‘qishdagi qiyinchiliklarini oson va samarali hal qilishga yordam beramiz!
Maktabimizda yotoqxona mavjud emas.
Albatta, bor. Maktabning yillik to'lovini yo ikkiga bo'lib har 6 oyda yoki oyma-oy to'lov uslubida amalga oshirishingiz mumkin.
Jahon School ta'lim xizmatlari uchun to'lov miqdori faqat bir yilda bir marta o'zgarishi mumkin.
Jahon School'da shahrimizning eng malakali ustozlari ta'lim berishadi.
O'quvchilar maktabda uch mahal taomlanishadi. Taomnoma tibbiyot va dietologiya talablaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tomonidan tuziladi va nazorat qilib boriladi.
Maktabda o'quvchilar o'rtasidagi ijtimoiy tafovutni bartaraf etish va o'zaro tenglik hissini ta'minlash maqsadida barcha uchun qulay va ko'rkam maktab formasi joriy qilingan.
Maktabimiz 2025-yil 1-iyungacha bo'lgan ilk qabul mavsumi uchun 15% chegirma e'lon qiladi.
Maktab to'liq IT yechimlar ustiga qurilgan bo'lib, ota-ona o'quvchining davomati, o'zlashtirishi, ruhiy holati, kayfiyati va sog'lig'i haqida maxsus ilova orqali oyma-oy hisobot qabul qiladi.