+998 78 777 07 07
Jahon School
- salohiyatni kashf etamiz
O'quvchining salohiyatini kashf etish, unda kuchli ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirish va jamiyat uchun namunali xulq-atvor egalarini tarbiyalash — bosh maqsadimiz!
Asoschidan murojaat
Jahon School asoschisi Jahongir Po'latov ta'lim sohasidagi 14 yillik tajribasini jamiyat rivoji uchun muhim bo'lgan umumta'lim sohasiga bag'ishlaydi.
Hurmatli ota-onalar, jamiyatimizda chuqur ildiz otgan muammolar sizning, bizning, hammamizning og'rig'imizdir. Bu muammolarga yechimni biz faqat sifatli ta'limda deb ishonamiz. Biz yosh avlodni kelajakka munosib tayyorlash yo'lida safarga chiqdik. Bu safarda bizga hamroh bo'lasiz degan umiddamiz.
Biz kelajakni qanday
tasavvur qilamiz?
Har bir farzand uchun kompleks yechim - salohiyatga ko'ra berilgan bilimlar, kuchli hayotiy ko'nikmalar va jamiyatga o'rnak bo'ladigan xulq-atvor barpo etish bo'yicha mualliflik ta'lim dasturini 2030-yilgacha O'zbekistonning barcha hududlariga yoyish.
Jahon School qadriyatlari
Eng yaxshi ta’lim sifati, tajribali o‘qituvchilar va innovatsion yondashuv bilan farzandingiz kelajagini biz bilan yarating!
Muntazam rivojlanish uchun doim innovatsion yechimlar izlaymiz. Har bir ishda eng zo'ri bo'lishga harakat qilamiz, xoh u mayda ish bo'lsin, xoh yirik. O'rtamiyonalik bizni qoniqtirmaydi.
Innovatsiya va kamolot
O'zligimizga sodiqlik
Har bir so'zimizga, amalimizga, maqsadlarimizga, oila-jamiyat-vatanimizga sodiq bo'lamiz. O'zligimizni asraymiz.
Mas'uliyatni olishdan qochmaymiz. Jamiyat va vatan oldidagi mas'uliyatimizni zinhor unutmaymiz. Biz jamiyatning bir bo'lagimiz va har birimizda jamiyatning haqqi bor.
Mas'uliyat va daxldorlik
Bag'rikenglik va hamjihatlik
Atrofimizdagi muqobil fikr-qarashlar va madaniyatlarni o'rganamiz, ularga hurmat ko'rsatamiz. Muhimi, bo'linmaymiz. Har bir ishda bir yoqadan bosh chiqaramiz. Ziddiyatlarni muloqot orqali hal etamiz.
Maktabimiz ustunliklari
Biz o‘quvchilarimizga nafaqat ingliz tilini, balki ishonch, fikrlash va real hayotda qo‘llaniladigan ko‘nikmalarni ham beramiz.
O'zbekistonda ilk bor, o'quvchida katta hayot uchun kerakli barcha ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan 11 yillik mualliflik dasturi
"SkillDev" hayotiy ko'nikmalar dasturi
Ta'lim = Texnologiya
Ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari - ustozlar, o'quvchilar va ota-onalar uchun maxsus mobil ilova va LMS tizimidan foydalanish imkoniyati.
Jamiyatda yurish-turishning oliy namunasini kasb etishga qaratilgan, Yaponiya va Janubiy Koreya ta'limi yutuqlari asosida ijtimoiy odoblar milliy mualliflik dasturi
"Ijtimoiy etiket" dasturi
9-sinfdan boshlab o'quvchi qiziqqan aniq, tabiiy yoki ijtimoiy yo'nalishlardan birida fanlarni chuqurlashgan holatda o'qish imkoniyati
Salohiyatga ko'ra ixtisoslashuv
Boshqaruv jamoasi
Maktabimizning strategik rivojlanishi va kundalik samarali faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv jamoasi. Har bir rahbar o‘z yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislardir.
  • Texnik foydalanish va xo'jalik ishlari bo'yicha mudir
  • BS: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish (Andijon mashinasozlik instituti)
Shahbozbek Sotvoldiyev
  • Sifat nazorati markazi yetakchisi
  • BA: Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq (Urganch davlat universiteti)
Sobirjanov Bobirjon
  • Ota-onalarga xizmat ko'rsatish markazi yetakchisi
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
Ibrohimov Bahodir
  • O'quv-tashkiliy ishlari bo'yicha mudir
  • BS: Kimyo (Toshkent davlat pedagogika universiteti)
Guzal Abdullayeva
  • O'quv-uslubiy ishlari bo'yicha mudir
Vakant
  • Direktor o'rinbosari, O'quvchilarni kompleks rivojlantirish bo'yicha mudir
  • BS: Umumiy amaliyot shifokori (Toshkent tibbiyot akademiyasi)
  • MSc: Urologiya (Toshkent tibbiyot akademiyasi)
  • Ta'lim menejmenti (Oriental Universiteti)
Obidjon Latipov
  • Jahon School direktori
  • BA: Filologiya va tillarni o'qitish (O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti)
  • MSc: Biznes boshqaruvi (Dong-A, Janubiy Koreya)
Javohir Izzatulloh
  • Cambridge LC, Modme, Cambridge Kidzz va Jahon School asoschisi
  • Ta'lim sohasida 14 yillik tajriba
  • BS: Biznes boshqaruvi (Vestminster universiteti)
Jahongir Po'latov
Yetakchi ustozlar
Maktabimizda har bir yo‘nalishda dars sifati va o‘quvchilar natijasi uchun mas’ul bo‘lgan "Katta ustozlar jamoasi. Har bir mutaxassis o'z yo'nalishida yetakchidir
  • Katta tarbiyachi
  • Bakalavr: Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (Toshkent davlat pedagogika universiteti)
Maftuna Mirtursunova
  • Katta murabbiy
  • Bakalavr: Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi sohasi mutaxassisi (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi)
Umirbek Turopov
  • Katta o'qituvchi (sport va amaliy fanlar)
  • Bakalavr: Sport faoliyati (Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya universiteti)
  • Tanlangan sport turi bo‘yicha murabbiy (Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya universiteti)
Zarina Mo‘ydinova
  • Katta o'qituvchi (aniq va tabiiy fanlar)
  • Bakalavr: Matematika (Namangan Davlat universiteti)
MuxammdYusuf Xolmuxammadov
  • Katta o'qituvchi (ijtimoiy fanlar)
  • Bakalavr: Tarix fani o‘qituvchisi (Jizzax Davlat pedagogika instituti)
  • Magistr: Tarixchi-etnograf (tadqiqotchi-pedagog) - Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti
Iskandar Sulaymanov
  • Katta o'qituvchi (rus tili)
  • Bakalavr: Filologiya (Fargʻona Davlat universiteti)
  • Magistr: Filolog (tadqiqotchi-pedagog) - Fargʻona Davlat universiteti
Shaxnoza Maxmatkulova
  • Katta o'qituvchi (Ingliz tili)
  • Bakalavr: Filologiya (O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti)
  • Magistr: Lingvistika (Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti)
Komila Rasulova
  • Katta o'qituvchi (Boshlang'ich ta'lim rus)
  • Bakalavr: Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish (Toshkent davlat pedagogika universiteti)
Muxarram Kadirova
  • Katta o'qituvchi (Boshlang'ich ta'lim o'zbek)
  • Bakalavr: Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (Toshkent davlat pedagogika universiteti)
Muxlisa Xakimova
Maslahat kengashi
Turli sohalar bo‘yicha yillar davomida tajriba to‘plagan faxriy maslahatchilarimiz. Ular maktabimizning rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatib, sifatli taʼlim va barqaror o‘sish uchun qimmatli tavsiyalar berib boradilar.
  • Biolog, yozuvchi
  • Biologiya fanlari doktori, biotexnologiya va nanotexnologiya labarotoriyasi mudiri
  • Tabiiy fanlarni o'qitish masalalarida konsultant
Baxtiyor Abdug'afur, D.Sc.
  • Boshlang'ich sinf o'qituvchisi, 2-toifa
  • Boshlang'ich ta'lim masalalarida konsultant
Gulnora Xo'jayeva
  • Psixolog
Dildora Ubaydullayeva
  • Tarjimon, o'qituvchi
  • O'quvchilarni kompleks rivojlantirish bo'yicha konsultant
Shohrux Abdullayev, MSc
  • Professor (Central Asian University)
  • Falsafa doktori: HR & Organizational studies
  • Janubiy Koreya ta'limi bo'yicha konsultant
Alisher Dedaxanov, PhD
  • Folklorshunos, professor
  • Filologiya fanlari nomzodi
  • O'quvchilarda ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish bo'yicha konsultant
Abdumurod Tilavov, PhD
  • Adabiyotshunos, professor
  • Filologiya fanlari doktori
  • O'quvchilarda ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish bo'yicha konsultant
Bahodir Karim, D.Sc
Bizning hamkorlarimiz
Jahon School maktabi O’zbekistonda ilk bor, turli muhim yo’nalishlarda o’z sohasidagi eng kuchli brendlar bilan hamkorliklarni yo’lga qo’ydi!
Qizlar uchun maxsus “Safia” qandolatchilik burchagi
“Najot Ta’lim” bilan hamkorlikda IT to’garaklari
Va nihoyat o’quvchilarimiz sog’lig’i “Akfa Medline” mutahassislarining doimiy nazoratida
Turin Universiteti bilan hamkorlikda muhandislik va robototexnika to’garaklari
“Qamar” kitoblar do’koni bilan hamkorlikdagi kutubxona
Ingliz tili o’rganish uchun “Cambridge” o’quv markazi dasturi
Ko’p beriladigan savollar
Farzandingiz o‘qishdagi qiyinchiliklarini oson va samarali hal qilishga yordam beramiz!
Public Offer
Copyright © 2025 Jahon School LLC. All Rights Reserved
Tinchlik metro bekati
Mo'ljal:
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy ko'chasi, 83-uy
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Aloqa uchun